Cheysi Anri: "O‘zbekiston himoyada juda tartibli o‘ynadi"

Cheysi Anri: "O‘zbekiston himoyada juda tartibli o‘ynadi"
Kecha U-23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasidagi O‘zbekiston – Yaponiya (2:0) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan keyin Yaponiya termasi yetakchilaridan biri Cheysi Anri bilan suhbatlashdik.

- Uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Raqibimiz O‘zbekiston juda kuchli edi. Birinchi taymda to‘pni nazorat qila oldik. Menda bir-ikkita xatolar bo‘ldi.

- Bugun Yaponiya gol urolmadi. Jamoaga nima bo‘ldi?
- O‘zbekiston himoyada juda tartibli o‘ynadi. Biz to‘pni bir-birimizga tez-tez oshirganimizga qaramasdan, himoyani yorib o‘ta olmadik.

- Yaponiyaning keyingi o‘yini Avstraliyaga qarshi kechadi. Raqib xususida qanday fikrdasiz?
- Avstraliya jamoasi safida Germaniyada men bilan birga o‘ynaydigan jamoadoshim bor. U hujumchi. Unga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutaman.

- Finalda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. Sizningcha, qaymi terma chempionga aylanadi?
- O‘ylashimcha, O‘zbekiston chempion bo‘ladi, chunki bu jamoa juda ham kuchli ekan.

Uchqun Azimov suhbatlashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.