Sardor Rashidov faoliyatini Qatarda davom ettiradi

Sardor Rashidov faoliyatini Qatarda davom ettiradi
\"Paxtakor\" yarim himoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradi. O‘tgan mavsumda 6-o‘rinni egallagan \"Umm Salal\" klubi Rashidovni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Sardor kecha \"Paxtakor\"ning \"Qizilqum\" ustidan qozonilgan g‘alabasiga o‘z goli bilan hissa qo‘shgandi. Transfer narxi haqida ma’lumot berilmagan.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 600 ming yevroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, Rashidov bungacha ham Qatarning \"Al Jaish\" va \"Qatar SK\" klublari sharafini himoya qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.