UFC 276 turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing

UFC 276 turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing
AQSHning Las-Vegas shahrida \"UFC 276\" turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

Quyida, turnirning barcha natijalari bilan tanishing:

Asosiy kard:

O‘rta vazn (83.9 kg)

Israel Adesanya (Nigeriya)– Jared Kannonir (AQSH) - Adesanya ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

Yarim yengil vazn (65,8 kg)
Aleks Volkanovski (Avstraliya) – Maks Xollouey (AQSH) - Volkanovski ochoklar hisobida zafar quchdi.

O‘rta vazn (83,9 kg)
Shon Striklend (AQSH)– Aleks Pereyra (Braziliya) - Perreyra 1-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)
Robbi Louler (AQSH) – Brayan Barberena (AQSH) - Barberena 2-raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.

O‘ta yengil vazn(61.2 kg)
Pedro Munoz (Braziliya) – Shon O’Melli (AQSH) - Shonning taqiqlangan zarbasi tufayli bu jang natijasi bekor qilindi.

Prelim kard:

Yengil vazn (70,3 kg)

Bred Riddell (Yangi Zellandiya) – Jelin Terner (AQSH) - Terner 1-raundda \"sabmishen\" evaziga zafar quchdi.

Yengil vazn (70.3 kg)
Jim Miller (AQSH) – Donald Serrone (AQSH) - Miller 2-raundda \"sabmishen\" bilan g‘alaba qozondi.

Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)
Yen Gerri (Irlandiya) – Gabriel Grin (AQSH) - Gerri ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘rta vazn (83.9 kg)
Drikus Dyu Plessi (JAR) – Bred Tavares (AQSH) - Plessi ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘rta vazn (83.9 kg)
Yuraya Xoll (AQSH) – Andre Muniz (Braziliya) - Muniz ochkolar hisobida zafar quchdi.

Super yengil vazn (Ayollar, 57 kg)
Meysi Barber (AQSH) – Jessika Ay (AQSH) - Barber ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

O‘ta yengil vazn (Ayollar, 61 kg)
Jessika-Rouz Klark (Avstraliya) – Yuliya Stolyarenko (Litva) - Stolyarenko 1-raundda \"sabmishen\" evaziga g‘alabaga erishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.