Sobiq jahon chempioni Zolani Tete Murodjon Ahmadaliyevga "vizov" tashladi (foto)

Sobiq jahon chempioni Zolani Tete Murodjon Ahmadaliyevga "vizov" tashladi (foto)
Professional boksda ikki vaznda sobiq jahon chempioni va hozirda birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg) janglar olib borayotgan Zolani Tete (30-4, 23 nokaut) Angliyaning London shahrida tashkil etilgan boks oqshomida Jeyson Kanningem (31-7, 7 nokaut) ustidan 4-raundda muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Mazkur to‘qnashuvdan so‘ng Tete ushbu vaznda WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliyevni jangga chorladi.

\"Menga uni olib keling va u bilan ham shunday holat sodir bo‘ladi. Qachon uxlashga tayyor bo‘lsang, meni yo‘qla chempion\", - deya Tete o‘z tvitter postida Ahmadaliyevni belgilagan.
Sobiq jahon chempioni Zolani Tete Murodjon Ahmadaliyevga "vizov" tashladi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.