“Roma” katta transferni e’lon qildi (foto)

“Roma” katta transferni e’lon qildi (foto)
“Roma” klubi rasmiy sayti orqali “Lill” himoyachisi Mehmet Zeki Chelikni transfer qilganini e’lon qildi.

Poytaxtliklar ushbu transfer borasida faqat bir ma’lumot – turkiyalik o‘yinchi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnoma tuzilgani haqida xabar qoldirgan xolos.

Biroq, Italiya matbuoti “bo‘rilar” Turkiya terma jamoasi o‘yinchisini olib kelish uchun Fransiya klubiga 7 million yevro to‘lagani haqida bong urmoqda.
“Roma” katta transferni e’lon qildi (foto)
Bu “Roma”ning yozgi transferlar mavsumidagi uchinchi xaridi bo‘ldi. Ungacha, rimliklar o‘z safiga serbiyalik o‘yinchilar – darvozabon Mile Svilar va yarim himoyachi Nemanya Matichni qo‘shib olgan edi.

25 yoshli Zeki Chelik “Lill”ning yetakchi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan. U jamoasining 2020-2021 yilgi mavsumda Fransiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.