Shomurodov bo‘lmasa, boshqasi...

Shomurodov bo‘lmasa, boshqasi...
Yarim himoyachi Serjiu Oliveyra \"Portu\" klubidan \"Galatasaroy\"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Turkiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Uning transfer summasi 3 million yevroni tashkil etdi. 30 yoshli portugaliyalik yangi jamoasi bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Xabaringiz bor, Oliveyra o‘tgan mavsumni Rimning \"Roma\" klubi tarkibida ijarada o‘tkazgandi.

Avvalroq, turkiyaliklar Shomurodov bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rgandi, ammo Mourino uni sotmasligini ma’lum qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.