Neymar: Zarbalarimga tayyor turing!

Neymar: Zarbalarimga tayyor turing!
PSJ hujumchisi Neymar bo‘lajak mavsumga avvalgi yillardan boshqacha hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

- Bu galgi mavsumda darvoza sari yo‘llaydigan zarbalarim ko‘p bo‘ladi. Jarimadan, uzoq masofadan va bosh bilan zarba berishni ko‘paytiraman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. O‘zimga qattiq ishonaman. Ta’til davomida juda ko‘p mashq qildim, - dedi Neymar.

Neymarning faoliyati ham mavhum bo‘lib turibdi. Mashhur hujumchining PSJ rahbariyati bilan munosabati buzilgan. Klub uni tezroq sotib yubormoqchi.

Neymarga bir qator klublar xaridor. Qolaversa, “Adidas” brendi braziliyalik yulduzni “Real”ga olib o‘tishga harakat qilyapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.