Erling Xoland: Gvardiola telbaroq ekan!

Erling Xoland: Gvardiola telbaroq ekan!
“Manchester Siti” safida debyut uchrashuvida gol urgan Erling Xoland jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi.

- Gvardiola sal telbaroq va bu menga yoqyapti. Bu juda qiziqarli ko‘rinadi. Klubga kelganimga bir hafta bo‘ldi va hali ko‘p gapira olmayman. Men yaxshi mashq qildim, oldimdagi sinovlarga tayyorman, - dedi norvegiyalik hujumchi.

“Manchester Siti” AQSHning Grin-Bey shahridagi “Lembo Fild” stadionida o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida “Bavariya”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Bundesliga chempioni darvozasiga kiritilgan yagona gol muallifi Erling Xoland bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.