Rasman! Qatar klubi Islom To‘xtaxo‘jayev transferini e’lon qildi

Rasman! Qatar klubi Islom To‘xtaxo‘jayev transferini e’lon qildi
Superliga 1-davrasini Navoiyning \"Qizilqum\" klubida o‘tkazgan tajribali himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev legionerga aylandi. U Qatarning \"Al-Garafa\" klubi safiga ko‘chib o‘tdi.

Futbolchi qatarliklar bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekkan. Bu haqda \"Al-Garafa\" o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, To‘xtaxo‘jayev \"Qizilqum\" safida bu mavsum 13 o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta sariq kartochka ishlab oldi. Shuningdek, u O‘zbekiston kubogining 3 ta bahsida maydonga tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.