"Nasaf"ga yangi legioner kelyapti

"Nasaf"ga yangi legioner kelyapti
Qarshining \"Nasaf\" klubi serbiyalik futbolchi Alen Mashovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli chap qanot vingeri bugun \"Nasaf\" safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va ertaga shartnomaga imzo chekadi.

Alen Mashovichning so‘nggi klubi \"Vojdovas\" bo‘lgan edi. U o‘tgan mavsum Serbiya Oliy ligasida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

U shu paytgacha Serbiyaning \"Partizan\", \"Boras\" va \"Chukarichki\" kabi jamoalarida, shuningdek, Yaponiyaning \"Matida Zelviya\" klubida faoliyat olib borgan.

Transfermarkt portali futbolchini 250 ming yevrga baholagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.