Yurgen Klopp Gvardiolani 11 marta mag‘lub etdi. Hech qaysi murabbiy uni bu qadar ko‘p yengmagan

Yurgen Klopp Gvardiolani 11 marta mag‘lub etdi. Hech qaysi murabbiy uni bu qadar ko‘p yengmagan
«Liverpul» Angliya Superkubogida «Manchester Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).

Bu Pep Gvardiola va Yurgen Klopp o‘rtasidagi 25-to‘qnashuv bo‘ldi. Ularning 11 tasida nemis mutaxassisining qo‘li baland kelgan, to‘qqizta o‘yinda ispaniyalik murabbiy g‘alaba qozongan. Shuningdek, beshta o‘yin durang bilan yakun topgan. To‘plar nisbati 46:45 — Gvardiola foydasiga.

Qayd etish kerak, hech qaysi murabbiy Gvardiolani Kloppdan ko‘p mag‘lub etolmagan. O‘z navbatida Yurgen faoliyati davomida Pepdan o‘zga hech kimga to‘qqiz marta mag‘lub bo‘lmagan.

Klopp faoliyatidagi 12-sovriniga ega chiqdi, ularning yettitasi «Liverpul» bilan birga qo‘lga kiritilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.