Ikromjon Aliboyev: "Shatskix boshqacha futbol talab qilyapti"

Ikromjon Aliboyev: "Shatskix boshqacha futbol talab qilyapti"
Superliga 14-turidan o‘rin olgan \"Paxtakor\" - \"Dinamo\" uchrashuvidan keyin (3:2), mezbonlar a’zosi Ikromjon Aliboyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi o‘yin haqida fikrlaringiz?
- Qiyin o‘yin bo‘ldi. Yangi murabbiy qo‘l ostida ilk uchrashuvimizni o‘tkazdik. Yutganimiz yaxshi va ularning 2 ta gol urganiga (12 yil deganda) kelsak, bu futbol. Har bir jamoa gol urish uchun harakat qiladi.

- Marat Bikmayev bilan birga o‘ynagansiz. Ko‘pchilik Bikmayevni hisobdan chiqarib bo‘lgandi, ammo bugun ikkita gol urishga erishdi. Mazkur hujumchi haqida nima deya olasiz?
- Bikmayev hali o‘zini ko‘rsatishga qodir. Bugungi o‘yin buni ko‘rsatdiki, uni hali hisobdan chiqarish kerak emas.

- Murabbiy almashdi. Slavche Voyneskining o‘yin uslubi jamoaga tushmadimi? Maksim Shatskixning g‘oyasi jamoa geniga yaqinroqmi?
- Albatta, yaqinroq deb o‘ylayman. Chunki, 2-3 ta o‘rtoqlik o‘yinida harakat qildik, tayyorgarlik jarayonida yaxshi taasurot qoldirdi. Avvalgi murabbiylar haqida esa gapirishni xohlamayman. O‘ylaymanki, 2-davrada bundan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatamiz.

- Chempionlik yo‘lidagi asosiy raqib sifatida kimni ko‘rmoqdasiz?
- Ochkolarga qarasak, “So‘g‘diyona”da biz bilan teng ochko. “Navbahor”, “Nasaf” ... Umuman, qaysidir birini ajratib ko‘rsatolmayman, hammada imkoniyatlar teng.

- Kurash oxirgi turgacha davom etadimi?
- Men ham shunday o‘ylayman.

- Sharqiy Osiyoda o‘ynab keldingiz. Ketishingizdan oldin O‘zbekiston chempionatining saviyasi qanday edi va hozir qay holatda? O‘yinlar qiyinlashganmi?
- Ha, qiyinlashgan deb hisoblayman. O‘yinlar saviyasi ancha o‘sgan. Albatta, bundan futbolimiz yutadi.

Faxriddin Ro‘ziyev yozib oldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.