Muhammad Saloh APL rekordchisiga aylandi

Muhammad Saloh APL rekordchisiga aylandi
Bugun Angliya Premer ligasi 1-turi doirasidagi uchrashuvlar davom ettirildi. \"Liverpul\" mavsumdagi ilk uchrashuvini \"Fulxem\"ga qarshi o‘tkazdi va jangovor durangga imzochekdi - 2:2.

Mazkur o‘yinda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylangan Muhammad Saloh o‘ziga hos natija qayd etdi.

Misrlik hujumchi ketma-ket olti mavsum davomida chempionatning ilk uchrashuvida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

2017/18 yilgi mavsumdan 2019/20 yilgi mavsumgacha birinchi turda 1 gol muallifiga aylangan bo‘lsa, 2020/21 yilda - xet-trik. Misrlik forvard keyingi ikki mavsumda ham bittadan gol kiritishni uddalagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.