Bobir Abdixoliqovga Rossiya va Germaniyadan qiziqish bor

Bobir Abdixoliqovga Rossiya va Germaniyadan qiziqish bor
\"Energetik-BGU\" hujumchisi Bobir Abdixoliqovga Yevropaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda.

Ulardan biri - Rossiyaning \"Sochi\" klubi. Klub vakillari hujumchining so‘nggi bir necha o‘yinlarini kuzatgan, shu jumladan \"Vitebsk\"ka qarshi bahsini ham.

Ikkinchi klub esa - ikkinchi Bundesliga vakili \"Gannover\" klubi. Nemis klubidagilar qishga qadar hujumchini kuzatib, yanvarda tarkibiga qo‘shib olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum Abdixoliqov mamlakat chempionatining 16 o‘yinida 17 gol va 5 assist qayd etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.