«Osiyo bolalari» sport o‘yinlarida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi

«Osiyo bolalari» sport o‘yinlarida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi
7 avgust kuni Vladivostok (Rossiya)da «Osiyo bolalari» xalqaro sport o‘yinlari yakuniga yetdi. Mazkur musobaqa yakuniga ko‘ra:

Sibir federal okrugi terma jamoasi 45 ta oltin, 38 ta kumush, 36 ta bronza medallar bilan 1-o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinda — o‘zbekistonlik bolalar (41-28-45).

Moskva terma jamoasi (31-38-41) umumiy hisobda uchinchi bo‘ldi.

Musobaqalarda Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Armaniston, Eron, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Livan, Tailand jamoalari ham qatnashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.