Rimda o‘zbekcha qo‘shiq sadolari ostida maydonga chiqib kelgan Eldor Shomurodov (video)

Rimda o‘zbekcha qo‘shiq sadolari ostida maydonga chiqib kelgan Eldor Shomurodov (video)
Italiyaning «Roma» futbol klubi 7 avgust kuni «Shaxtyor»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv tanaffusi vaqtida «Roma» 2022/23 yilgi mavsum oldidan o‘ziga xos taqdimot marosimini o‘tkazdi. Unda barcha futbolchilar nomma-nom maydonga chaqirildi. Rimliklarning o‘zbekistonlik futbolchisi Eldor Shomurodov «Olimpiko» maydoniga Shohruhning «O‘zbegim» qo‘shig‘i sadolari ostida maydonga tushib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ushbu yozgi transfer oynasida «Roma» safini tark etish arafasida turibdi. Avvalroq futbolchini «Bolonya» o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin ekani xabar qilingandi.

Shomurodov 2021 yilning yozgi transfer oynasida 18 million yevro evaziga «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tgandi. U «bo‘rilar»safida jami 40 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va oltita golli uzatma amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.