Simeone — transferlar haqida: "Talab qilishga emas, ishlashga o‘rganganman"

Simeone — transferlar haqida: "Talab qilishga emas, ishlashga o‘rganganman"
Madridning \"Atletiko\" klubi ustozi Diyego Simeone yozgi transfer oynasida jamoani ehtimoliy kuchaytirish haqida gapirdi.

\"Talab qilishga emas, ishlashga o‘rganganman. Bizda yaxshi o‘yinchilar jam bo‘lgan. Kimdir bizdan ketsa, uning o‘rnini munosib kimdir egallashiga umid qilaman va biz bundan jabr ko‘rmaymiz. Biz yaxshiroq o‘ynashga qodirmiz\", — deydi argentinalik mutaxassis.

\"Atletiko\" La Liga 2-turida o‘z maydonida \"Vilyarreal\"dan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Simeone jamoasi keyingi o‘yinni mehmonda \"Valensiya\"ga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.