Jaloliddin Masharipov Afrika klubi bilan shartnoma imzoladi

Jaloliddin Masharipov Afrika klubi bilan shartnoma imzoladi
Hozirda \"Al Nassr\" klubi futbolchisi hisoblangan Jaloliddin Masharipov Misrning \"Al Ahli\" klubi bilan kelishuv imzolagan.

Ikki klub o‘rtasida transfer ham hal bo‘lgan. Bu haqda Misrning KingFut nashri saudiyalik insayder Abdulaziz Alzamilga tayangan holda xabar berdi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Al Nassr” tarkibida 2 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Misrning \"Al Ahli\" klubi esa o‘z milliy chempionatida 64 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.