Firminoning benefisiga aylangan bahsda “Liverpul” “Bornmut”ni “yanchib tashladi“

Firminoning benefisiga aylangan bahsda “Liverpul” “Bornmut”ni “yanchib tashladi“
APL 4-turidan o‘rin olgan \"Liverpul\" - \"Bornmut\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda \"qizillar\" yirik 9:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Uchrashuvda Firmino hamda Dias dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Arnold, Elliot, Van Deyk Karvalyu raqib darvozasiga yo‘l topa oldi. Bundan tashqari, Mefam o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Shu tariqa, Klopp shogirdlari bu mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

«Liverpul» – «Bornmut» 9:0 (5:0)
Gol
: 3 - Dias (Firmino), 6- Elliott (Firmino), 28 - Trent Aleksander-Arnold (Firmino). 31 - Firmino,45 - van Deyk (Robertson),47 - Kris Mefem (avtogol), 62 - Firmino, 80 - Fabio Karvalyu (Konstantinos Simikas), 85 - Dias (Konstantinos Simikas)
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Robertson, Xenderson, Fabino, Elliott, Firmino, Salax, Dias.
Bornmut – Trevers, Smit, Lerma, Senesi, Mifem, Zemura, Kristi, Kuk, Taverne, Mur, Entoni.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.