Shomurodovning ketishi yanada tezlashishi mumkin. "Roma" Belotti transferini e’lon qildi

Shomurodovning ketishi yanada tezlashishi mumkin. "Roma" Belotti transferini e’lon qildi
\"Roma\" Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

\"Torino\" sobiq vakili rimliklar tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U yangi jamoasi bilan 1 yillik bitimga rozilik bildirgan. Shuningdek, \"bo‘rilar\" kelishuvni yana 2 yilga uzaytirish huquqiga ham ega.

Ma’lum bo‘lishicha, Andrea \"Roma\" safida 11-raqam ostida to‘p tepadi. U avval \"Torino\"da 9-raqamga egalik qilardi. Ammo hozir Rim klubida bu raqam Temmi Abraxamga tegishli hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Belotti aynan Eldor Shomurodov o‘ynaydigan hujum pozitsiyasida harakat qiladi. Uning kelishi hamyurtimizning boshqa jamoaga o‘tishini tezlashtirishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.