«Spartak» Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qildi

«Spartak» Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qildi
Foto: «Spartak» FK
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov «Spartak» bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi.

Moskvaliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ikkala tomon o‘zaro kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini to‘xtatishga qaror qilgan.

21 yoshli futbolchining keyingi jamoasi «Ural» bo‘ladi, deya xabar qilmoqda «RB Sport». «Ural» prezidenti Grigoriy Ivanov bu xabarni tasdiqlagan.

Ostonning «Spartak» bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangandi. Yarim himoyachi 2020 yil yozidan buyon Moskva klubi sharafini himoya qiladi. Futbolchi «qizil-oqlar» safida 9 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylangan.
«Spartak» Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.