Menga buzg‘unchi Neymar kerak emas!

Menga buzg‘unchi Neymar kerak emas!
PSJ rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Neymarni boshqa klubga o‘tkazib yubormoqchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Manbalarning ta’kidlashicha, parijliklar braziliyalik yulduzni “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga ham taklif qilishgan.

Ispaniyalik mutaxassis Neymarning xarakterini inobatga olib, uni jamoaning ichki muhitini izdan chiqarish ehtimoli yuqoriligini pesh qilib, bu transferga keskin rad javobini bergani aytilmoqda.

Yaqinda Neymar va Kilian Mbappe o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan edi. Biroq bu muammo rahbariyat aralashuvi bilan barham topdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.