O‘zbekiston kubogi. ½ finalga 8 sentabr kuni qur’a tashlanadi

O‘zbekiston kubogi. ½ finalga 8 sentabr kuni qur’a tashlanadi
Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasi o‘ynalayotgan O‘zbekiston Coca-cola kubogida yarim final ishtirokchilari aniqlandi: AGMK, “Navbahor”, “Nasaf”, “So‘g‘diyona”.

Musobaqada ½ final uchrashuvlari 13-14 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Jamoalar o‘z raqiblarini 8 sentabr kuni bilib oladi. Shu kuni Coca-cola Superliganing 18-turi doirasida “Qizilqum” — “Olimpik” jamoalari to‘qnash keladi va bellashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Mazkur uchrashuvning tanaffusi vaqtida yarim finalga qur’a tashlab beriladi.

Ma’lumot uchun. O‘zbekiston Coca-cola kubogining yarim finali ham 1 tadan o‘yindan iborat bo‘lib, bunda juftliklar ham, ularda kim mezbon bo‘lishi masalasi ham qur’a yordamida aniqlab olinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.