Ronaldu "Arsenal"ga qarshi o‘yindan keyin post qoldirdi

Ronaldu "Arsenal"ga qarshi o‘yindan keyin post qoldirdi
\"Manchester Yunayted\" hujumchisi Krishtianu Ronaldu \"Arsenal\"ga qarshi o‘yindan keyin Instagram sahifasida post qoldirdi.
Mankunianlar yulduzi, asosan, zaxiradan maydonga tushmoqda. \"Arsenal\"ga qarshi o‘yinda ham u boshlang‘ich tarkibga kiritilmadi.

Mazkur bahsda \"Yunayted\" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Garchand besh karra \"Oltin to‘p\" sohibining joriy mavsumdagi holati qoniqarli bo‘lmasa-da, portugaliyalik forvard jamoasining natijalaridan mamnun.

37 yoshli hujumchi yakshanba kungi g‘alabadan so‘ng Instagram sahifasida shunday post qoldirdi: \"Ofarin, yigitlar! Bizni qo‘llab-quvvatlayotganlarga alohida rahmat! Olg‘a, \"qizil iblislar!\"

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu klubni tark etishni xohlayotganini, biroq klub bosh murabbiyi unga ishonch bildirishini ta’kidlagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.