27 yoshli ayol erkaklar futbol jamoasini chempion qildi


Gonkong chempionatining so‘nggi turida “Istern” jamoasi “Saut Chayna” bilan kuch sinashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Istern” Gongong chempioni bo‘ldi. E’tiborga loyiq tomoni shundaki, 27 yoshli ayol Chan Yun-tin “Istern” bosh murabbiyi hisoblanadi. U jamoani 2015 yil dekabr oyida qabul qilib olgandi. Chan Yun-tin futbol tarixida erkaklar jamoasini chempion qilgan birinchi ayol murabbiy sifatida qayd etildi.
Ta’kidlash joiz, “Istern” jamoasi so‘nggi bor 20 yil avval chempion bo‘lgan edi, deb xabar beradi \"Darakchi\"nashri.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













