"Manchester Yunayted" 2007 yildan beri ilk marta Angliya kubogi finaliga chiqdi

"Manchester Yunayted" 2007 yildan beri ilk marta Angliya kubogi finaliga chiqdi

\"Manchester Yunayted\" Angliya kubogining yarimfinalida \" Everton\"ni 2:1 hisobida engdi.

G‘oliblar safida gollarni Maruan Fellayni (34-daq.) va Antoni Marsyal (90-daq.) kiritdilar. \"MYu\"ning yana bir o‘yinchisi \"o‘zini ko‘rsatdi\": Kris Smolling 75-daqiqada o‘z darvozasiga avtogol kiritib qo‘ydi.

Shuningdek, 57-daqiqada \"Everton\" hujumchisi Romelu Lukaku penaltini amalga oshira olmadi.

Shu tariqa \"MYu\" 2007 yildan beri ilk marta Angliya kubogi finaliga chiqdi hamda unda 24 aprelda bo‘lib o‘tadigan \"Kristal Pelas\" - \"Uotford\" uchrashuvining g‘olibi bilan bellashadi.

Final 21 mayda yarimfinallar o‘tayotgan Londondagi \"Uembli\" stadionida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi \"Kun\" nashri.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.