Luis Suares: Bunday samaradorlik o‘zimni ham hayron qoldirdi

Luis Suares: Bunday samaradorlik o‘zimni ham hayron qoldirdi
Luis Suares: Bunday samaradorlik o‘zimni ham hayron qoldirdi

\"Barselona\" klubi hujumchisi Luis Suares Xixonning \"Sporting\" (6:0) jamoasiga qarshi kechgan Ispaniya chempionatining 35-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda \"Uff.uz\" xabar berdi.

– So‘nggi ikki uchrashuvda buncha ko‘p gollar soni o‘zimni ham hayron qoldirdi.Jamoaga yordamim tegayotganidan xursandman.

O‘z oldimga mavsumda 50ta gol kiritish maqsadini qo‘ymagan edim. Eng muhimi – Ispaniya chempionatida g‘alaba qozonish.

Ochig‘ini aytganda o‘yin biz uchun ko‘ngildagidek o‘tmadi. To‘pni bir-birimizga oshirish tezligi ham yuqori bo‘lmadi.

Tanaffusda bularni yo‘qqa chiqarish haqida o‘yladik, chunki eng yaxshi o‘yinimizni namoyish eta olmayotgandik. Messi? U jamoani nazorat ostida ushlaydi.

U yaxshi formada bo‘lsa, \"Barselona\" ajoyib o‘ynaydi. Biz xatolardan to‘g‘ri hulosa chiqardik va barchasi hamon o‘z qo‘limizda, – deydi Suares.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.