Vadim Abramov: "Nazariy jihatdan Superligada qolish uchun imkoniyatimiz bor"

Vadim Abramov: "Nazariy jihatdan Superligada qolish uchun imkoniyatimiz bor"
\"Dinamo\" bosh murabbiyi Vadim Abramov Luisma Ernandes Coca Cola Superligasining 19-turidan o‘rin olgan \"Neftchi\"ga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- \"Neftchi\" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda qaysidir ma’noda rejamiz o‘xshadi. Ikkinchi bo‘limda hech narsa o‘xshamadi\", - deydi Vadim Abramov.

- Zahiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olishmayapti...
- Barchasini o‘zingiz aytib turibsiz. Zaxira o‘rindig‘imiz torliq qilmoqda. Bu narsa \"Lokomotiv\" bilan o‘yinda ham o‘z so‘zini aytgandi. Futbolchilar charchab qolishmoqda. 1:2 vaqtida o‘yinni o‘zgartirishga harakat qilib ko‘rdik.

- Jamoaning Superligadagi qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Nazariy tomondan imkoniyat bor. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Hakamlik? Hammasi joyida bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.