APL, 35-tur. «Tottenhem» ochko yo‘qotdi va «Lester»dan 7 ochkoga ortda qolmoqda

APL, 35-tur. «Tottenhem» ochko yo‘qotdi va «Lester»dan 7 ochkoga ortda qolmoqda
APL, 35-tur. «Tottenhem» ochko yo‘qotdi va «Lester»dan 7 ochkoga ortda qolmoqda

25 aprel kuni Angliya chempionatining 35-turida «Tottenhem» hamda «Vest Bromvich» klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazildi.

O‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Avvaliga, o‘yinning 33-daqiqasida Douson avtogol urib hisobni ochgan bo‘lsa, uning o‘zi ikkinchi bo‘lim vaqtida hisobni tenglashtirdi.
APL, 35-tur. «Tottenhem» ochko yo‘qotdi va «Lester»dan 7 ochkoga ortda qolmoqda

Endilikda, 2 ochko yo‘qotgan «shporlar» mavsum yakuniga 3 tur qolganida turnir peshqadami «Lester»dan 7 ochko ortda qolmoqda. Endi Raneri shogirdlari qolgan 3 o‘yinda 3 ochko to‘plab, chempionlikka erishishi mumkin. Agar «Lester» keyingi turda «MYu»ni mag‘lub etsa, muddatida oldin chempion bo‘lishi ham mumkin. Jamoaning 37 va 38 turlardagi raqiblari esa «Everton» va «Chelsi» bo‘ladi. «Tottenhem» esa keyingi turlarda «Chelsi», «Sauthempton» hamda ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Nyukasl»ga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.
APL, 35-tur. «Tottenhem» ochko yo‘qotdi va «Lester»dan 7 ochkoga ortda qolmoqda

Angliya chempionati, 35-tur
«Tottenhem» – «Vest Bromvich» 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 33, avtogol Douson, 1:1 – 73 Douson.
«Tottenhem» – Loris, Uoker, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Dayer (Meyson, 75), Dembele, Lamela (Son Xыn Min, 85), Alli (Shadli, 90), Eriksen, Keyn.
«Vest Bromvich» – Mayxill, Douson, Makoli, Olsson, Evans, Yakob, Fletcher, Sessenon (Sandro, 90), Gardner, Makkleyn, Rondon.
Ogohlantirishlar: Evans (60).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.