Osiyo chempionati. O‘zbekiston Bahraynni tor-mor etdi

Foto: O‘FA
Dastlabki ikki turda Turkmaniston va Tojikistonni mag‘lub etib, keyingi bosqich masalasini muddatdan avval hal etishga ulgurgan O‘zbekiston milliy jamoasi 3-turda Bahraynga qarshi saf tortdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari rasmiyatchilik uchun o‘tkazilgan bahsda ham raqibni yirik hisobda tor-mor etishdi – 6:1.
Shu tariqa, vakillarimiz yuz foizlik natija – 3 o‘yinda 9 ochko jamg‘arib V guruhi g‘olibi sifatida chorakfinalga yo‘llanma olishdi. 2-o‘rin bilan esa Tojikiston keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Bahrayn va Turkmaniston 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinlarda qolishdi. Vakillarimiz 1/4 finalda A guruhining 2-o‘rin sohibiga qarshi saf tortishadi.
Osiyo chempionati
«B» guruhi. 3-tur
O‘zbekiston – Bahrayn – 6:1
Gollar: E.To‘lqinov 6, A.Usmonov 20, 30, M.Odilov 22, Sh.Faxriddinov 26, H.Nishonov 27 – Hasan Ali 35.
O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboyev, 2.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev, 11.Akbar Usmonov, 13.Shahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Dastlabki ikki turda Turkmaniston va Tojikistonni mag‘lub etib, keyingi bosqich masalasini muddatdan avval hal etishga ulgurgan O‘zbekiston milliy jamoasi 3-turda Bahraynga qarshi saf tortdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari rasmiyatchilik uchun o‘tkazilgan bahsda ham raqibni yirik hisobda tor-mor etishdi – 6:1.
Shu tariqa, vakillarimiz yuz foizlik natija – 3 o‘yinda 9 ochko jamg‘arib V guruhi g‘olibi sifatida chorakfinalga yo‘llanma olishdi. 2-o‘rin bilan esa Tojikiston keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Bahrayn va Turkmaniston 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinlarda qolishdi. Vakillarimiz 1/4 finalda A guruhining 2-o‘rin sohibiga qarshi saf tortishadi.
Osiyo chempionati
«B» guruhi. 3-tur
O‘zbekiston – Bahrayn – 6:1
Gollar: E.To‘lqinov 6, A.Usmonov 20, 30, M.Odilov 22, Sh.Faxriddinov 26, H.Nishonov 27 – Hasan Ali 35.
O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboyev, 2.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev, 11.Akbar Usmonov, 13.Shahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













