"Roma" o‘z maydonida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

"Roma" o‘z maydonida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
Yevropa Ligasi 3-turi doirasidagi \"Roma\" - \"Betis\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda rimliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvdagi hisobi Mourino shogirdlari tomonidan ochildi. 34-daqiqada \"bo‘rilar\" penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi va Paulo Dibala undan unumli foydalandi. 40-daqiqada Gvido Rodriges \"Betis\"ning hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuv yakuni arafasida, aniqrog‘i 88-daqiqaga kelib, ispan klubi g‘alaba to‘pini kiritdi. Rodrining ajoyib uzatmasidan keyin Luis Enrike tablodagi hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

\"Betis\" mazkur g‘alabadan keyin \"S\" guruhida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi - 9 ochko. \"Roma\" esa 3 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan.

Roma Italiya – Betis Ispaniya 1:2
Gollar
: 1:0 – 34, penalti Dibala, 1:1 – 40 Rodriges, 1:2 – 88 Luis Enrike.

Roma – Ruy Patrisiu, Chelik (Spinatssola, 5), Smolling, Manchini, Rojer, Matich, Kristante (Kamara, 80), Dzanolo, Dibala (El-Shaaravi, 80), Abraxam (Belotti, 72), Zalevski.

Betis – Bravo, Pesselya, Luis Felipe, Miranda (Moreno, 76), Guardado (Vilyam Karvalyu, 75), Xoakin (Rodri, 60), Kanales, Rodriges, Ruibal, Villian Joze (Iglesias, 75), Fekir (Luis Enrike, 22).

Ogohlantirish: Luis Felipe (29), Bravo (32), Guardado (33), Manchini (71), Pesselya (83).
Chetlatish: Dzanolo (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.