Bosniya va Gersegovina Rossiya o‘rniga O‘zbekiston bilan o‘ynashi mumkin

Bosniya va Gersegovina Rossiya o‘rniga O‘zbekiston bilan o‘ynashi mumkin
Xabaringiz bor, 19 noyabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Rossiya hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoasi o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilingandi.

Mamlakatlar federatsiyalari hali o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolamaganini inobatga olib, Sarayevo mamlakat va dunyoda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgan voqelikdan voz kechishga qaror qilgandi.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, Bosniya va Gersegovina endilikda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan nazorat bellashuvida qatnashishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasi sardori Edin Jeko, Miralem Pyanich va boshqalar boshidanoq Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida qatnashishga qattiq qarshilik ko‘rsatishgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.