«Barselona» bir kishi kam bo‘lib qolgan «Betis»ni mag‘lubiyatga uchratdi

«Barselona» bir kishi kam bo‘lib qolgan «Betis»ni mag‘lubiyatga uchratdi
«Barselona» bir kishi kam bo‘lib qolgan «Betis»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Ispaniya chempionati 36-turida «Betis» va «Barselona» o‘rtasida kechgan bahs ancha asabbuzarliklarga boy bo‘ldi. Bu haqda \"Uff.uz\" xabar bermoqda.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida «Betis» futbolchisi Vestermann etti daqiqa ichida ikki marta ogohlantirish oldi va maydondan chetlatildi. Ammo kataloniyaliklar bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan bo‘lsalarda, uchrashuvda ancha qiyinchiliklarga duch keldilar. Faqat ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Rakitich hisobni ochgach, «Barselona» ustunlikni rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi.

81-daqiqada Luis Suares jamoasining ikkinchi golini kiritib, o‘yindagi ustunlikni oshirdi. Shu tariqa «Barselona» muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.