Ronaldu "Real"ning kelajaldagi murabbiyi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

Ronaldu "Real"ning kelajaldagi murabbiyi kim bo‘lishi kerakligini aytdi
Ronaldu "Real"ning kelajaldagi murabbiyi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Siti”ga qarshi EChL yarim final javob o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi “Qirollik klubi”ni kelajakda qaysi murabbiy boshqarishi kerakligini aytdi, deyiladi \"Darakchi\" nashrida.

“Zidan futbolchi bo‘lganida uning o‘yinlaridan hayratlanar edim. Endi esa uning murabbiyligi meni hayratga soladi. Uni kelgusida ham “Real” ustozi sifatida ko‘rishni istayman, – dedi Ronaldu.

31 yoshli futbolchi bo‘lajak o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

“Manchester Siti”ga qarshi o‘yin oson kechmasligini bilamiz. Jamoa PSJ to‘sig‘idan o‘tdi, demak ular kuchli. Bor kuchimizni ishga solgan holda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, – deya qo‘shimcha qildi hujumchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.