Yevropa Ligasida dahshatli drama yoxud bunaqasi hali bo‘lmagan

Yevropa Ligasida dahshatli drama yoxud bunaqasi hali bo‘lmagan
“Feyenoord” Yevropa ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida “Latsio” ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi - 1:0.

Yagona gol 64-daqiqada hujumchi Santyago Ximenes tomonidan kiritildi.

Feyenoord – Latsio 1:0
Gol
: 1:0 – 64 Ximenes.
Feyenoord – Beylo, Gertryuyda, Trauner, Gansko, Lopes (Xartman, 46), Shimanski, Kekchyu, Timber (Viffer, 90), Dilrosun, Danilo (Ximenes, 63), Igor Payshao (Volemark, 73).
Latsio – Provedel, Gabarron, Kazale, Xyusay, Milinkovich-Savich, Bashich (Vesino, 67), Markos Antonio (Kataldi, 67), Ladzari (Marushich, 46), Felipe Anderson, Dzakkani (Pedro, 63), Kancheleri (Romero, 81).
Ogohlantirishlar: Ladzari (32), Dzakkani (52), Pedro (77), Kancheleri (79), Ximenes (87), Gabarron (87), Provedel (87), Timber (87), Romero (90).
Chetlatish: Romero (90).

“F” guruhining yana bir uchrashuvida “Midtyulland” “Shturm”ni mag‘lub etdi – 2:0. Daniya klubi tarkibida yarim himoyachi Anders Drayer dubl qayd etdi.

Midtyulland – Shturm 2:0
Gollar
: 1:0 – 15 Dreyer, 2:0 – 72 Dreyer.
Midtyulland – Lessl, Andersson, Svyatchenko (Junino, 89), Gartenmann, Paulino Silva (Dyur, 67), Olsson, Evander (Sorensen, 66), Martines, Dreyer (Kristensen, 90), Chilufya (Andreasen, 66), Isaksen.
Shturm – Zibenxandl, Gazibegovich, Vyutrix, Affengruber (Borkovich, 80), Dante (Shnegg, 46), Xorvat, Gorens-Stankovich, Prass, Kiteyshvili (Sarkariya, 80), Vik (Emega, 46), Ayeti (Yancher, 74).
Ogohlantirishlar: Evander (28), Kiteyshvili (30), Dante (33), Shnegg (55), Emega (88), Svyatchenko (88), Olsson (90).

E’tiborlisi, yakunda to‘rt jamoa ham 8 ochkodan jamg‘ardi. To‘plar farqiga ko‘ra (13-9) \"Feyenoord\" kvartetda birinchi o‘rinni egalladi. \"Midtyulland\" ikkinchi o‘rinni egalladi, chunki ularda ham o‘tkazib yuborilgan va kiritilgan gollardagi farq yaxshiroq edi (12-8). \"Latsio\" uchinchi o‘rinni egalladi. \"Shturm\" esa guruhning so‘nggi pog‘onasidan joy oldi.

Natijada “Feyenoord” Yevropa ligasining 1/8 finaliga, “Midtyullend” 1/16 finaliga chiqdi. \"Latsio\" Konferensiya ligasining 1/16 finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. Qiziqarli tomoni shundaki, \"Latsio\" va \"Shturm\" so‘nggi turga qadar guruhda 8 ochkodan to‘plab, 1 va 2-o‘rinlarni egallab turgan va 6-turda ularni durang ham qoniqtirar edi. Ammo yakunida ikki jamoa ham mag‘lub bo‘ldi va quyi pog‘onaga tushib ketdi.
Yevropa Ligasida dahshatli drama yoxud bunaqasi hali bo‘lmagan
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.