"So‘g‘diyona" rasman Ulug‘bek Baqoyevni iste’foga chiqardi

"So‘g‘diyona" rasman Ulug‘bek Baqoyevni iste’foga chiqardi
Bir necha yillar davomida \"So‘g‘diyona\"ning muvaffaqiyatli yurishlarida katta jonbozlik ko‘rsatib kelgan murabbiy Ulug‘bek Baqoyev jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ulug‘bek Baqoyev \"bo‘rilar\"ni 2019-yilning aprel oyida qabul qilib olgan edi. Jamoa shu yilning o‘zida 4-o‘rinni olishga muvaffaq bo‘lgandi. 2020-yilgi mavsumda 6-o‘rinni qo‘lga kiritildi.

Baqoyev boshchiligidagi \"So‘g‘diyona\" 2021-yil o‘zining eng yaxshi natijasini ko‘rsatib, Superligada tarixiy kumush medallar sohibiga aylandi. Tarix yangilandi.

2022-yilda Baqoyev boshchiligidagi jizzaxliklar OFK kubogi hamda O‘zbekiston kubogi yarim finalida kubok baxslarini yakunladi. Har ikkala yarim finallarda penaltilar seriyasida imkoniyat boy berildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.