AGMK klubi "Nasaf"ning 3 nafar yetakchisiga qiziqmoqda

AGMK klubi "Nasaf"ning 3 nafar yetakchisiga qiziqmoqda
Superliga klublari joriy chempionatimiz yakunlanishi arafasida keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish harakatlarini boshlab yuborishgan.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi O‘zbekiston kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan Qarshining \"Nasaf\" klubi yetakchilariga qiziqish bildirmoqda. Olmaliqliklar \"Nasaf\"ning markaziy himoyachisi Husniddin Aliqulov, chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayev hamda vinger Oybek Bozorovlarga qiziqmoqda. Voqealar rivojini vaqt ko‘rsatadi.

Joriy mavsum Superligada Bozorov 6ta gol urdi va 2ta golli pas berdi. Aliqulov 2ta gol va 3ta pas, Nasrullayev esa 1ta pas bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.