Arturo Vidal: «Atletiko» nohaq ravishda finalga chiqdi

Arturo Vidal: «Atletiko» nohaq ravishda finalga chiqdi
Arturo Vidal: «Atletiko» nohaq ravishda finalga chiqdi

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal “Atletiko”ga (2:1) qarshi kechgan Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Biz ikki o‘yinda ham raqibga qaraganda yaxshiroq o‘ynadik, ammo “Atletiko” o‘z vaziyatlaridan unumli foydalandi va finalga chiqdi. Umuman olganda, o‘yinimizdan qoniqdim.

“Atletiko” o‘z futbolini namoyish etdi, biz esa aksincha. Ular shunchaki xatolarimizdan unumli foydalanib, gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Har doim ham yaxshi o‘yin namoyish etgan jamoa g‘alaba qozonmaydi. Bugun ham shunday bo‘ldi. «Atletiko» nohaq ravishda finalga chiqdi”, — deydi Vidal.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.