Frantsiya 2024 yilda boʻladigan Olimpiadaning rasmiy timsolini namoyish qildi

Frantsiya 2024 yilda boʻladigan Olimpiadaning rasmiy timsolini namoyish qildi
Uchburchak shaklidagi qizil Frigiya qalpoqlari 2024 yilda Parijda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlarining timsoliga aylandi.

Ular Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi shtab-kvartirasida Olimpiada boshlanishidan 620 kun oldin taqdim etildi.
Frantsiya 2024 yilda boʻladigan Olimpiadaning rasmiy timsolini namoyish qildi
Foto: Parij-2024
Frigiya qalpoqlari boshqa narsalar qatorida inqilobiy Frantsiyaning ramzi hisoblanadi.

Frigiya qalpogʻi koʻrinishidagi Olimpiya oʻyinlari timsoli qizil krossovkalarni kiygan. Paralimpiya oʻyinlari timsoli esa bir oyogʻiga protez kiygan.

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar boʻlib oʻtadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.