19 yoshli Karlos Alkaras tennis tarixiga kirdi

19 yoshli Karlos Alkaras tennis tarixiga kirdi
Foto: XSport.ua
US Open-2022 chempioni, ispaniyalik 19 yoshli tennischi Karlos Alkaras serb Novak Jokovich o‘rnatgan rekordni yangilab, tarixga kirdi.

Yosh ispan mavsum boshida ATP reytingida 32-o‘rinda edi, 31 pog‘ona sakrab 2022 yilni 1-o‘rinda yakunladi. Bu tennis tarixida jahonning birinchi raketkasi uchun mavsumni yakunlash bo‘yicha mutlaq ko‘rsatkich sanaladi.

Novak Jokovich besh yil avval mavsumni 12-o‘rinda boshlab, 1-o‘rinda yakunlagandi. 20 yil muqaddam esa amerikalik Endi Roddik 10-o‘rindan eng yuqori o‘ringa sakragan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.