Saudiya Arabistoni Qiroli ertangi kunni dam olish kuni deb e’lon qildi

Saudiya Arabistoni Qiroli ertangi kunni dam olish kuni deb e’lon qildi
Bugun JCH-2022 doirasida Saudiya Arabistoni ilk turda Argentinani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba Saudiya Arabistoni ahli uchun haqiqiy bayram bo‘lishi kutilmoqda.

Chunki saudiyaliklar g‘alabani nishonlash uchun Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz al-Saud ertangi chorshanba kunini mamlakatda dam olish kuni deb e’lon qildi.

Saudiya Arabistoni JCH-2022dagi keyingi uchrashuvlarini 26 noyabr kuni Polshaga qarshi, 1 dekabr kuni esa Meksikaga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.