JCH-2022. Avstraliya Tunisni yengib, jadvalda ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi

JCH-2022. Avstraliya Tunisni yengib, jadvalda ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi
Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Tunis - Avstraliya uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda nominal mehmonlar kichik 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Uchrashuvda yagona gol Mitchell Dyuk tomonidan kiritildi. Bu gol Avstraliyaga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Ayni vaqtda \"kengurular yurti\" vakillari 3 ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi. Tunis hisobida 1 ochko mavjud bo‘lib, terma so‘nggi o‘rindan joy olgan.

JCH-2022
\"D\" guruhi. 2-tur
Tunis – Avstraliya 0:1
Gol
: Dyuk (23)
Tunis: Damen, Dreger, Merya, Bronn, Talbi, Abdi, Sxiri, Laiduni, Sliti, Msakni, Jebali.
Avstraliya: Rayan, Karachich, Suttar, Roulz, Bexich, Muy, Irvayn, Makgri, Lekki, Dyuk, Gudvin.

Ushbu o‘yindan keyin \"D\" guruhi jadvali shunday ko‘rinishda bo‘ldi.
JCH-2022. Avstraliya Tunisni yengib, jadvalda ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.