Jaloliddin Masharipov Ronalduga 7-raqamni beradimi?

Avvalroq, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining \"Al-Nassr\" jamoasiga o‘tishga yaqin ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.
Bilasiz, ushbu jamoasi safida o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov harakat qiladi. SPORTS.uz sayti jurnalisti u bilan bog‘lanib mazkur transferga klubdagilar qanday munosabatdaligi va agar Ronaldu kelsa o‘z raqamini berishga roziligi haqida so‘radi.
\"Bu haqidagi xabarlarni o‘zimiz ham o‘qib boryapmiz. Agar Ronaldu keladigan bo‘lsa, Saudiya futbolida oldinga tashlangan qadam bo‘ladi. Hammani nigohi Saudiya chempionatiga qaratiladi.
Uning transferidan menimcha, jamoadagi hamma xursand bo‘ladi. U jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Krishtianudan mashg‘ulotlarda ko‘p narsa o‘rganish mumkin. Kelaversin, unga ham O‘zbekistonni tanitamiz.
7-raqamni beramanmi? Albatta, axir oddiy futbolchi kelmayapti. U 5 karra \"Oltin to‘p\" sohibi\", - dedi futbolchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bilasiz, ushbu jamoasi safida o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov harakat qiladi. SPORTS.uz sayti jurnalisti u bilan bog‘lanib mazkur transferga klubdagilar qanday munosabatdaligi va agar Ronaldu kelsa o‘z raqamini berishga roziligi haqida so‘radi.
\"Bu haqidagi xabarlarni o‘zimiz ham o‘qib boryapmiz. Agar Ronaldu keladigan bo‘lsa, Saudiya futbolida oldinga tashlangan qadam bo‘ladi. Hammani nigohi Saudiya chempionatiga qaratiladi.
Uning transferidan menimcha, jamoadagi hamma xursand bo‘ladi. U jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Krishtianudan mashg‘ulotlarda ko‘p narsa o‘rganish mumkin. Kelaversin, unga ham O‘zbekistonni tanitamiz.
7-raqamni beramanmi? Albatta, axir oddiy futbolchi kelmayapti. U 5 karra \"Oltin to‘p\" sohibi\", - dedi futbolchi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













