Rustam Ashurmatov: "Hayron qoldim..."

Rustam Ashurmatov: "Hayron qoldim..."
\"Navbahor\" himoyachisi Rustam Ashurmatov \"Rubin\"dan tushgan taklif va jamoasining rejalari haqida fikrlarini bildirdi.

- \"Rubin\"ga o‘tishim juda oddiy yuz berdi. Ular menga yozda taklif bilan chiqqan edi. Ammo klubim bilan shartnomam borligi sababli \"Navbahor\"da qolishga qaror qildim. Rus klubiga yozda ketsam ham bo‘lardi. Murabbiylar bilan kelishgan holda yilni yakuniga yetkazishga qaror qildik. Keyinchalik yana \"Rubin\" shartnoma taklif qildi va biz yanvarda imzolashga gaplashib oldik.

To‘g‘risini aytsam Slutskiyning o‘zi jamoaga taklif qilgandi. To‘g‘ri muammolar bo‘ldi. Murabbiy o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqanini aytishdi. Ochig‘i hayron qoldim. O‘zi istab olib kelgan o‘yinchilar, tarkibni kuchaytirishga qilgan harakati bois iste’fo yuz bergani baribir g‘alati tuyuldi. U ketganidan so‘ng \"Rubin\" bilan yana gaplashdik. Rejalar o‘zgarmagani bilan qiziqdik. Nafaqat murabbiy, balki klub ham jamoaga kelishimni istaganini aytishdi. Rejalar o‘zgarmadi. \"Rubin\"ga borib qo‘shilaman
, - deydi Rustam Ashurmatov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.