Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"ga o‘tishini inkor etdi

Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"ga o‘tishini inkor etdi
Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Portugaliya va Shveysariya jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi. Mazkur bellashuvda portugallar 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu bahsdan so‘ng portugallar sardori Krishtianu Ronalduga uning \"Al-Nassr\"ga o‘tayotgani haqida savol berishdi.

\"Yo‘q, yo‘q. Bu haqiqat emas. Sizlarga noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishgan\", - deya qisqa qilib javob qaytargan Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, chorak finalda Portugaliya terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.