Ronalduning rafiqasi: "Bu achinarli holat"

Ronalduning rafiqasi: "Bu achinarli holat"
Jorjina Rodriges kechagi uchrashuvda Ronaldu 90 daqiqa o‘ynamaganidan xafa ekanligini izhor qildi.

Hujumchi Shveysariyaga qarshi Jahon Chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan bellashuvda (6:1) Portugaliya zaxirasida qoldi va 73-daqiqada maydonga tushirildi. Mazkur bahsda u gol ura olmadi.

\"Tabriklaymiz, Portugaliya!

11 nafar futbolchi madhiya kuylayotganda, barcha kameralar sizga qaratildi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisining o‘yinidan 90 daqiqa zavqlana olmaganimiz achinarli holat. Muxlislar sizni maydonga tushirishni talab qildi. Ismingizni aytib baqirishdi.

Xudo hamda qadrdon do‘stim Fernando qo‘llarini biriktirgan holda, bizga yana bir hayajonli kechani taqdim etsin
\", - dedi Jorjina.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.