Argentinadan uchralgan mag‘lubiyat van Galga qimmatga tushdi

Argentinadan uchralgan mag‘lubiyat van Galga qimmatga tushdi
Niderlandiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Jahon chempionati chorak final bosqichi doirasidagi Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng kelajagi haqida gapirdi.

\"Terma jamoa bosh murabbiyi vazifasida ishlashni davom ettirmoqchi emasman. \"Uchar gollandlar\" ustozi sifatida erishgan yutuqlarim bilan faxrlanaman.

Faoliyatim mobaynida tarkibga ko‘plab yoshlarni jalb etdim. Biz yaxshi jamoa tuza oldik. Ishimizdan qoniqish hosil qildim
\", - dedi van Gal.

71 yoshli mutaxassis 2021 yilning 4 avgustida Niderlandiya terma jamoasini qabul qilib olgandi. Bu vaqt oralig‘ida u faqatgina bir marta, Argentinaga mag‘lub bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.