UFC 282. Ankalaev va Blahovich oʻrtasidagi jangda gʻolib aniqlanmadi. Qolgan 12 ta jangning natijalari

UFC 282. Ankalaev va Blahovich oʻrtasidagi jangda gʻolib aniqlanmadi. Qolgan 12 ta jangning natijalari
AQShning Las-Vegas shahrida Oʻzbekiston vaqti bilan 11 dekabr tongida UFC 282 musobaqasi boʻlib oʻtdi.

MMA oqshomining markaziy jangi Magomed Ankalaev (17-1-1) va Yan Blahovich (29-9-1) oʻrtasida yarmi ogʻir vazn toifasi vakant kamari uchun kechdi. Jangda hakamlar durang qayd etdi va titul vakantligicha qoldi.

Yana bir markaziy janglardan birida Peddi Pimblett (20-3) ochkolar evaziga Jared Gordondan (18-6) ustun keldi.

Jairzinyo Rozenstruyk 1-raundda Kris Dokosni nokautga uchratdi. UFC tarixidagi eng yosh jangchi Raul Rosas esa Jey Perrinni 1-raunddayoq boʻgʻish usuli bilan taslim etdi.


Asosiy kard
- Yan Blahovich va Magomed Ankalaev oʻrtasidagi jangda durang qayd etildi;
- Peddi Pimblett ochkolar evaziga Jared Gordondan ustun keldi;
- Santiago Ponsinibbio 3-raundda Aleks Morononi nokautga uchratdi;
- Drikus dyu Plessi 3-raundda Darren Tillni sabmishen orqali yengdi;
- Iliya Topuriya 2-raundda Brays Mitchellni sabmishen bilan yutdi.

Prelim kard
- Raul Rosas 1-raundda Jey Perrinni sabmishen bilan yengdi;
- Jairzinyo Rozenstruyk 1-raundda Kris Dokosni nokautga uchratdi;
- Edmen Shahbazyan 2-raundda Dalcha Lungiambulani nokaut qildi;
- Kris Kyortis 2-raundda Xoakin Baklini nokautga uchratdi;
- Billi Kuarantillo 2-raundda Aleksander Ernandesni nokaut qildi;
- Ti Jey Braun 3-raundda Erik Silvani sabmishen bilan yutdi;
- Kameron Seyman 3-raundda Stiven Koslouni nokautga uchratdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.