Dahshat! Krishtianu Ronaldu bir oyog‘i bilan "Al-Nassr"da

Dahshat! Krishtianu Ronaldu bir oyog‘i bilan "Al-Nassr"da
5 karra \"Oltin to‘p\" sohibi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga yaqin turibdi.

SPORTS.uz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovning ma’lum qilishicha, u riyodliklar tarkibiga o‘tadi. Mazkur jamoa sharafini himoya qilayotgan vatandoshimiz Jaloliddin Masharipov 7-raqamini Ronalduga berib, o‘zi 77-raqam ostida to‘p tepadi. Bu degani portugaliyalik afsonaviy hujumchi legionerimiz bilan jamoadoshga aylanadi.

\"Al-Nassr\" 16 dekabr sanasida mamlakat chempionati 9-turi doirasida \"Al-Raid\" klubi mehmoni bo‘ladi. Legionerimiz mazkur bahsni yangi raqam ostida o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.