Mbappe Ronaldu Messidan zo‘rligini isbotlaydi

Mbappe Ronaldu Messidan zo‘rligini isbotlaydi
“Leypsig” himoyachichi Abdu Diallo PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduni o‘z jamoadoshi Lionel Messidan kuchli, deb hisoblashini ta’kidladi.

- Krishtianu Ronaldu Mbappe uchun timsolga aylanib bo‘lgan. Undan “Ronaldu kuchlimi yoki Messi?”, deb so‘rasangiz, Kilian siz bilan bir soat tortishishga tayyor. Mbappe uchun Ronaldudan zo‘ri yo‘q, - dedi Abdu Diallo.

Mbappe Portugaliya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatini tark etganidan keyin Ronalduni qo‘llab-quvvatlagan edi.

23 yoshli fransiyalik hujumchi 37 yoshli hamkasbini barcha zamonlarning eng zo‘r futbolchisi, deb atagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.